Jahon

Isroil urushga tayyorgarlikni boshladi — Ynet

AQSh-Eron ziddiyati ham keskinlashmoqda.

Isroil urushga tayyorgarlikni boshladi — Ynet

Yaqin Sharq mintaqasida harbiy ziddiyat tahdidlari keskin oshdi — Isroil armiyasi va favqulodda xizmatlari yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi. Bu chora AQShning Eronga ehtimoliy harbiy zarbasi bilan bog‘liq bo‘lib, unda Isroil kuchlari ham ishtirok etishi mumkinligi aytilmoqda, deb xabar berdi Ynet nashri.

 

Prezident Donald Tramp ma’muriyati qo‘shimcha harbiy kuchlarni Yaqin Sharqqa yo‘naltirgan va Eron ustiga zarbalar berishga tayyorlik 21-fevralga belgilangan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar chop etildi. Ammo rasmiy qaror hali qabul qilinmagan — Oq Uy eskalatsiya xatarlarini yuqori darajada baholamoqda.

 

Isroil hukumati ham ichki va mudofaa xizmatlariga urushga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu rahbarligida o‘tkazilgan maslahatlashuvlarda rasmiylar shunday xulosaga kelgan — agar AQSh Eronga zarba bersa, Isroil bu operatsiyada qatnashmasa ham, Tehrondan baribir Isroilga qarshi javob zarbasi kelishi mumkin. Shuning uchun mudofaa tizimi yuqori tayyorgarlikka o‘tkazildi.

 

Joriy haftada Jenevada AQSh va Eron o‘rtasida Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi jarayonda siljish borligini aytgan bo‘lsa ham, muzokaralar hali yakuniy natijaga erishmagan.

 

Keskinlik faqat harbiy tayyorgarlik bilan cheklanmaydi. So‘nggi kunlarda AQShning harbiy resurslari Yaqin Sharq mintaqasida kengayib bormoqda, shu jumladan aviatsiya guruhi va dengiz kuchlari joylashtirilmoqda — bu esa Eron bilan ziddiyatning keskinlashuvi ehtimolini kuchaytirmoqda.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil urushga tayyorgarlikni boshladi — Ynet | Zamon.uz