O'zbekiston

Navoiyda Ramazon munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi ochildi

Yarmarkada asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik iste’mol tovarlari arzon narxlarda narxlarda sotuvga chiqarildi.

Navoiyda Ramazon munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi ochildi

 

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, narx-navoning barqarorligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

 

Mazkur yarmarka “Qiziltepa dehqon bozori” hududida o‘tkazilib, unda keng turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aholiga belgilangan tartibda arzonlashtirilgan narxlarda taqdim etilmoqda.

 

Xususan, savdo yarmarkasida sabzavot va poliz mahsulotlari, turli xil mevalar, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, un va non mahsulotlari, shakar-qandolat mahsulotlari hamda boshqa kundalik iste’mol tovarlari arzon narxlarda sotuvga chiqarildi.

 

Yarmarkani tashkil etishdan asosiy maqsad — aholi, ayniqsa kam ta’minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va Ramazon oyi davomida fuqarolar uchun yanada qulay ijtimoiy muhit yaratishdan iborat.

 

Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Navoiyda Ramazon munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi ochildi | Zamon.uz