O'zbekiston

Toshkent va Namangan osmonida noma’lum yorqin jism uchishi kuzatildi

Astronomiya instituti mutaxassislari tomonidan mazkur holat yuzasidan dastlabki o‘rganishlar olib borilmoqda.

Toshkent va Namangan osmonida noma’lum yorqin jism uchishi kuzatildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Kosmonavtlar metro bekati yaqinida olingan videomateriallar keng tarqaldi. Unda osmonda noma’lum yorqin jism harakatlangani aks etgani kuzatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti mutaxassislari tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi. Hozirgi vaqtga qadar videoda qayd etilgan hodisaning meteorit tushishi yoki boshqa tabiiy yoxud texnogen manba bilan bog‘liq ekani rasman tasdiqlanmagan. Yer yuzasiga yetib kelgan qoldiqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda hodisaning aniq tabiatini ilmiy jihatdan tasdiqlash imkoni yo'q.

 

Institut ma’lumotiga ko‘ra, meteoroidlar Quyosh tizimida harakatlanuvchi kichik qattiq jismlar bo‘lib, ular Yer atmosferasiga kirganda kuchli qizish natijasida yorqin iz qoldiradi va bu hodisa meteor deb ataladi. Agar jism atmosferada to‘liq yonib ketmay, Yer yuzasiga yetib kelsa, u meteorit sifatida qayd etiladi.

 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida obyekt qoldiqlari topilgani haqidagi xabarlar ham tarqalgan.

 

Namangan viloyatida yashovchi aviaspotter Mahmudxon Odilxonovning Gazeta.uz'ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, taxminan soat 12:30—13:00 oralig‘ida hududda kuchli shovqin eshitilgan hamda yer qimirlagandek sezilgan. U mazkur vaqtda aeroport yaqinida samolyotlarni kuzatish maqsadida bo‘lganini bildirgan.

 

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, dastlab hodisa aeroport yaqinidagi “Yuksalish” hududi tomonda yuz bergan bo‘lishi mumkin degan taxmin paydo bo‘lgan. Keyinchalik u uyiga qaytgach, oila a’zolari ham kuchli ovozni eshitganini va shovqin Chust tomondan kelgandek tuyilganini aytgan.

 

Shuningdek, guvoh hodisadan so‘ng osmonda qora tutun kuzatilganini va u taxminan ikki soat davomida saqlanib turganini qayd etgan. Uning ta’kidlashicha, qo‘shimcha shovqin eshitilgach, osmonda qoramtir tutun izlari yanada aniq ko‘ringan va u aeroport hududidan uyiga yetib kelguniga qadar saqlanib qolgan.

 

Mahmudxon Odilxonov yana voqea sodir bo‘layotgan paytda tanishlaridan xabarlar kelganini, ijtimoiy tarmoqlarda esa Toshkent osmonida bir necha soniya davomida yorqin obyekt ko‘ringani haqida yozilganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqtlarni solishtirganda mazkur xabarlar hodisa kuzatilgan vaqt bilan mos kelgan.

 

Hozirgi vaqtda ushbu guvohlik ma’lumotlari tegishli mutaxassislar tomonidan umumiy o‘rganish materiallari doirasida tahlil qilinmoqda. Holatning aniq sabablari va kelib chiqishi yuzasidan rasmiy xulosa qo‘shimcha tekshiruv natijalariga ko‘ra e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

Mutaxassislar obyektning ehtimoliy traektoriyasi hamda aniqlangan shubhali qoldiqlarni o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanishi bilan jamoatchilikka rasman xabar beriladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"