O'zbekiston

Toshkentdagi mehmonxonada hamkasbiga shilqimlik qilgan bankirga nega jinoiy ish ochilmadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Toshkentdagi mehmonxonada hamkasbiga shilqimlik qilgan bankirga nega jinoiy ish ochilmadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda namanganlik bank xodimining Toshkentdagi mehmonxonalardan birida ayol hamkasbiga nisbatan sodir etgan xatti-harakati va sud tomonidan tayinlangan jazo turli talqinlar bilan muhokama qilinmoqda.

 

Muhokamalarda go‘yoki erkakning harakatlarida jinoyat alomatlari ko‘rinib tursa-da, 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi bilan qutilib qolganiga alohida urg‘u berilmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar sudlari rasmiy bayonot berdi.

 

Aniqlik kiritilishicha, dastlab mazkur maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ish 2025 yilning 25 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida ko‘rilib, huquqbuzarning xatti-harakatlarida jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat alomatlariga aniqlik kiritish va jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini muhokama qilish uchun ish materiallari sudning ajrimi bilan tuman prokuraturasiga yuborilgan.

 

Takroriy surishtiruvlarda jinoyat alomatlari tasdig‘ini topmagani bois ish materiallari MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bilan sudga yuborilgan va sud qarori bilan huquqbuzarga nisbatan ushbu modda sanksiyasida ko‘rsatilgan eng yuqori jazo tayinlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi mehmonxonada hamkasbiga shilqimlik qilgan bankirga nega jinoiy ish ochilmadi? | Zamon.uz