O'zbekiston

Yangi Toshkentda “Boylar shaharchasi” qurilayotgani aytilmoqda

Har bir dona villasi 2-3 mln dollar atrofida bo‘ladigan uylar yuzasidan izoh berildi.

Yangi Toshkentda “Boylar shaharchasi” qurilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Toshkent hududida 2030 yilg borib topshirilishi kutilayotgan mega loyihada odatiy kvartiradan tortib har bir dona villasi 2-3 mln dollar atrofida bo‘ladigan boylar shaharchasi ham barpo etilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

 

Bunga Yangi Toshkent direksiyasi matbuot xizmati munosabat bildirib, ushbu xabarlar asoslanmagan va noto‘g‘ri ekanini maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Yangi Toshkent loyihasida hech qanday boylar shaharchasi ko‘zda tutilmagan. Shahar qurilishining birinchi bosqich maketida mavjud kottejlar kelgusida xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari hamda xalqaro tashkilot vakillarining turar joyi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, Bugungi kunda birinchi bosqich, 6 ming gektar hududda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 2033 yilgacha 600 ming aholi uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishi belgilangan. Loyiha to‘liq yakunlanganda esa Yangi Toshkent 2 million odam yashaydigan megapolisga aylanadi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.