O'zbekiston

Endi MIBda ishlar yanada tezlashadi: tizimga sunʼiy intellekt joriy qilinyapti

1-martdan boshlab MIB faoliyatiga ham sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi. Ish hajmining 30 foiz qismi unga yuklatiladi. Bu orqali bir qator xato-kamchiliklar oldi olinadi va ish samaradorligi oshiriladi.

Endi MIBda ishlar yanada tezlashadi: tizimga sunʼiy intellekt joriy qilinyapti

Kecha, 20-fevral kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati hamda masʼul xodimlari bilan “Ijro etish sohasida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, sohadagi yangiliklar va raqamlashtirish masalalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Anjuman doirasida sohada amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda tizimda kutilyoatgan yangiliklar haqida ham batafsil maʼlumot berildi, deya xabar bermoqda unda ishtirok etgan Zamon.uz muxbiri.

 

Jumladan, joriy yilning 1 martidan boshlab MIB faoliyatiga ham sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi. Ish hajmining 30 foiz qismi unga yuklatiladi. Bu orqali bir qator xato-kamchiliklar oldi olinadi va ish samaradorligi oshiriladi.

 

Bildirilishicha, baʼzi holatlarda ijro hujjatlarining qog‘oz shakli bilan sud tomonidan yuborilgan elektron shakl o‘rtasida tafovutlar bo‘ladi. Yaʼni ijro hujjatida boshqa shaxsning ism-familiyasi, sud yuborgan elektron hujjatda esa boshqa fuqaroning maʼlumotlari yoziladi. Buning ortidan ko‘p hollarda aslida qarzdor bo‘lmagan fuqaroga bir qator cheklovlar qo‘yiladi yoki ijro hujjatlari sudga qaytarib yuboriladi.

 

Endilikda sunʼiy intellekt texnologiyasi ikkala hujjatni solishtirib ko‘rib, xato-kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. Shu tariqa sudlardan yuboriladigan ijro hujjatlarini qabul qilish va qaytarishda inson omili minimal darajada kamaytiriladi.

 

Shuningdek, MIB organlarining odatiy ish vaqtidan tashqari vaqtlarda murojaatchilarning savollariga javob beradigan sunʼiy intellekt chat-boti yaratiladi.

 

Tizimda sunʼiy intellekt imkoniyatlari protsessual hujjatlarini rasmiylashtirish darajasigacha yetkaziladi.

 

Taʼkidlanishcha, MIB xodimlari endilikda planshet va bodi-kameralar bilan ham taʼminlanmoqda. Bu ijro harakatlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan.

 

Planshetlar bilan taʼminlash orqali ish samaradorligi oshiriladi. Yaʼni xodim endilikda ofisga borib bajaradigan ishlarini planshet orqali ham amalga oshira oladi.

 

"MIB tizimidagi yuklamalarni sohani raqamlashtirish va xodimlarni kerakli zamonaviy vositalar bilan taʼminlash orqali kamaytirishimiz mumkin", dedi MIB axborot xizmati rahbari Farruh Toshpo‘latov.

 

Anjuman davomida aliment undiruvlari bilan bog‘liq muammolarga ham eʼtibor qaratildi. Maʼlumotlarga ko‘ra, respublika miqyosida aliment to‘lovchilarning 61 foizi doimiy ish joyiga va daromadiga ega bo‘lmagani sababli aliment to‘lovlarini undirish jarayoni qiyinlashgan.

 

Buning yechimi sifatida qarzdor fuqarolar uchun mehnat yarmarkalari tashkil etib, ularning bandligini taʼminlagan holda undiruvlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2025 yilda aliment to‘lash istagi bo‘la turib, lekin ish bandligi bo‘lmagan 26 753 nafar fuqarolar ishga joylashtirilgan.

 

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 3,1 trln so‘mlik aliment mablag‘lari undirilgan.

 

“Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan 588 nafar undiruvchilarga 26,8 mlrd so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilgan.

 

Bundan tashqari, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 13 834 ta oilalar yarashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi MIBda ishlar yanada tezlashadi: tizimga sunʼiy intellekt joriy qilinyapti | Zamon.uz