O'zbekiston

Mubashshir Ahmad sog‘ligi tufayli Toshkentdagi “Sangorod” ga ko‘chirildi

Xabarlarga ko‘ra, Alisher Tursunov og‘ir diabet kasalligidan aziyat chekkani uchun ichki ishlar vazirligi va sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan keyingi qamoq jazosini davom ettirishga to‘sqinlik qilish mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mubashshir Ahmad sog‘ligi tufayli Toshkentdagi “Sangorod” ga ko‘chirildi

 

Jamoatchilikka Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanish bo‘lgan Alisher Tursunov Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan Toshkent shahridagi “Sangorod” nomi bilan mashhur ixtisoslashtirilgan tibbiy koloniyaga ko‘chirildi.

 

Ma'lum qilinishicha, bu qaror mahkumning sog‘lig‘ini chuqur tibbiy ko‘rik va davolash maqsadida amalga oshirilgan. Xabarlarga ko‘ra, Alisher Tursunov og‘ir diabet kasalligidan aziyat chekadi. Ushbu holat Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, keyingi qamoq jazosini davom ettirishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

Huquq himoyachilari Axloq tuzatish departamenti insonparvarlik tamoyillariga asoslanib, sudga uning jazosining qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish imkoniyatiga umid bildirishgan.

 

Mubashshir Ahmad jamoat oldida o‘z chiqishlarida O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlashga oid faoliyati bilan tanilgan. U Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi hukmi bilan 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil yanvar oyida Ombudsman vakili Navoiy viloyatidagi 5-sonli koloniyada uning saqlanish sharoitlarini tekshirgan edi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.