O'zbekiston

“Fermerlarda erkinlik yo‘q”: O‘zbekiston hukumati fermerlarga erkinlik berishga chaqirildi

“Sohada bir qator ijobiy yutuqlarga erishilgan bo‘lishiga qaramay, hukumat paxta va g‘alla yetishtirishda jiddiy va majburlovchi davlat nazoratini amalga oshirishda davom etmoqda”, deyiladi xalqaro tashkilot tomonidan eʼlon qilingan hisobotda.

“Fermerlarda erkinlik yo‘q”: O‘zbekiston hukumati fermerlarga erkinlik berishga chaqirildi

17 fevral kuni Human Rights Watch xalqaro nodavlat tashkiloti va Inson huquqlari o‘zbek forumi “Fermerlarda erkinlik yo‘q” nomli hisobot eʼlon qildi. U qariyb 120 sahifadan iborat bo‘lib, O‘zbekistonda paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlarga nisbatan kuzatilayotgan tazyiq va ekspluatatsiya holatlari yoritilgan.

 

Hisobotni tayyorlashda Inson huquqlari guruhlari O‘zbekistonning oltita viloyatidan va Qoraqalpog‘iston respublikasidan 75 nafar fermer bilan suhbat o‘tkazgan. Shuningdek, 2023 yil oktyabrdan 2025 yil dekabrgacha bo‘lgan davrda sud hujjatlari, qonunchilik va boshqa rasmiy hujjatlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalar, davlat amaldorlarining bayonotlari o‘rganib chiqilgan.

 

“O‘zbekiston hukumati so‘nggi yillarda paxta terimida davlat tomonidan majburiy mehnatni tugatdi va qishloq xo‘jaligi sohasida keng qamrovli islohotlar o‘tkazdi. 

 

Sohada bir qator ijobiy yutuqlarga erishilgan bo‘lishiga qaramay, hukumat paxta va g‘alla yetishtirishda jiddiy va majburlovchi davlat nazoratini amalga oshirishda davom etmoqda, qolaversa, paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlarning mehnat va inson huquqlari hurmat qilinishini taʼminlay olmayapti”, – deyiladi hisobotda.

 

Taʼkidlanishicha, fermerlar davlatdan ijaraga olingan yerda davlat bilan kelishilgan turdagi ekinni belgilab qo‘yilgan miqdorlarda yetishtirishi va belgilab qo‘yilgan narxlarda sotishi kerak, bunda ular rejani bajara olish yoki bajarolmasligidan qatʼi nazar, shuningdek, rejani bajarish ularga bog‘liq bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qatʼi nazar, katta moliyaviy xatar ostida qolishadi.

 

“Hokimiyat organlari kvotalarni bajarmagan fermerlarga tahdid va zo‘ravonlik qo‘llab, jarima sifatida yerlarni tortib olishi mumkin. Fermerlar paxta-to‘qimachilik va bug‘doy korxonalari tomonidan to‘lovlarning kechiktirilishi yoki umuman to‘lanmasligiga duch kelmoqda, hokimiyat organlari esa korxonalarni to‘lovlarni amalga oshirishga majbur qiluvchi sud qarorlarining ijrosini taʼminlamayapti”, deyiladi hisobotda.

 

“O‘zbekiston hukumati mehnatkash fermerlarni paxta va bug‘doy yetishtirish uchun majburlash va ularni ekspluatatsiya qilish amaliyotiga barham berishi zarur. Hokimiyat organlari fermerlarni haqiqatdan himoya qiladigan qishloq xo‘jaligi islohotlarini amalga oshirishi va fermerlarning o‘zlari taklif qilayotgan zarur o‘zgarishlar bo‘yicha mulohazalariga quloq solishi lozim”, dedi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi direktori Umida Niyazova.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Fermerlarda erkinlik yo‘q”: O‘zbekiston hukumati fermerlarga erkinlik berishga chaqirildi | Zamon.uz