O'zbekiston

Navoiy va Toshkentda qalbaki pul sotuvchilar ushlandi

Soxta kupyuralar Turkiyadan Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga olib kelingan.

Navoiy va Toshkentda qalbaki pul sotuvchilar ushlandi

Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valyutalarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi. Bu haqida DXX matbuot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Turkiya davlatidan Qirg‘iz Respublikasi orqali mamlakatga olib kelingan qalbaki AQSH dollari savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olingan.

 

Jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.T. shaxs o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan – 1972 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, 100 AQSH dollari kupyuradagi, qalbaki 19900 AQSH dollarini xaridorga 14000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

 

Hozirda oson boylik orttirishni ko‘zlagan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Toshkent shahrida qayd etilgan holatda esa, Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi, 1997 y.T. shaxs poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, go‘yoki qalbaki bo‘lgan 100 AQSH dollari kupyurali 10 ming AQSH dollari, 100 ming so‘m kupyurali 10 mln so‘m va 50 ming so‘m kupyurali 5 mln so‘m pullarni haqiqiy 5500 AQSH dollariga sotishini aytadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan poytaxt hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u pul vositasi hisoblanmaydigan kupyuralarni 5500 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.