O'zbekiston

O‘zbekistonliklar ramazonda beriladigan yordam puli bo‘yicha firibgarlikdan ogohlikka chaqirildi

Firibgarlar turli yo‘llar, hatto soxta saytlar yaratib, pulni o‘g‘irlashga urinishlari mumkin.

O‘zbekistonliklar ramazonda beriladigan yordam puli bo‘yicha firibgarlikdan ogohlikka chaqirildi

Avvalroq Prezident qarori bilan muqaddas Ramazon oyi arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik moddiy yordam berilishi belgilangandi.

 

Ekspertlar bunday xabarlardan so‘ng firibgarlar turli yo‘llar, hatto soxta (feyk) saytlar yaratib, pulni o‘g‘irlashga urinishlari mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Firibgarlikdan o‘zingizni quyidagicha himoya qilishingiz mumkin:

 

— Hech qanday ariza shart emas: Pul mablag‘lari 1 martga qadar sizning ijtimoiy kartangiz yoki plastik kartangizga AVTOMATIK tushadi.

 

— Agar sizga "pulni olish uchun ariza bering" deyishsa — bu yolg‘on!

 

— SMS-kodni bermang: Bankdan yoki 5500 xizmatidan kelgan maxfiy kodni hech kimga (hatto o‘zini bank xodimi yoki mahalla raisi deb tanishtirsa ham) aytmang.

 

— Shubhali havolalarga kirmang: "To‘lovni qabul qilib oling" degan mazmundagi Telegram-botlar yoki rasmiyga o‘xshash soxta saytlarga karta maʼlumotlarini kiritmang.

 

— Oltin qoida: Agar sizdan pul tushirib berish uchun kod so‘rashsa yoki qaysidir saytga karta raqamingizni yozishni talab qilishsa, bilingki — qarshingizda FIRIBGAR turibdi!

 

Shaxs ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosimi yoki yo‘qligini rasmiy my.gov.uz portali orqali tekshirishi mumkin. Davlat tashkilotlari sizga hech qachon "pulingizni olish uchun havolaga kiring" deb SMS yubormaydi.

 

Qarorga ko‘ra, “Ijtimoiy reyestr”dagi davlat taʼminotida bo‘lgan oilalarga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik yordam puli beriladi.

 

Shuningdek, “Ijtimoiy reyestr”dagi kambag‘al oilalarga, “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘m miqdorida (bir martalik) yordam puli to‘lanadi.

 

Bundan tashqari, reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor aʼzolariga davolanish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.