Jahon

Pokiston tunda Afg‘onistonga hujum qildi

Hujum oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.

Pokiston tunda Afg‘onistonga hujum qildi

Kecha, 21 fevral kuni Pokiston harbiy aviatsiyasi Afg‘onistonning sharqiy hududlarida jangarilarga qarshi havo hujumlarini amalga oshirdi. Pokiston hukumati bu zarbalarini “razvetka maʼlumotlariga asoslangan, aniq nishonlarga qarshi operatsiyalar” deb atagan bo‘lsa, Afg‘oniston hukumati bunga qarshi eʼtiroz bildirdi.

 

Pokiston rasmiylari hujumlar davomida “Tehriki Tolibon Pakistan” (TTP) va uning aloqador guruhlariga zarba berilganini maʼlum qildi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, ushbu guruhlar so‘nggi paytlarda Pokistonda uyushtirilgan o‘ta xavfli hujumlar ortida turgan bo‘lishi mumkin.

 

Pokiston hukumati, jumladan Islomoboddagi axborot vazirligi, hujumlarni “mamlakat xavfsizligini taʼminlash” chorasi deb atab, xalqaro hamjamiyatdan Afg‘onistonni bosim ostiga olishni talab qildi.

 

Afg‘oniston hukumati hujumlar oqibatida o‘nlab fuqarolar, xususan ayollar va bolalar ham halok bo‘lganini bildirgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, kamida 17 kishi, shu jumladan, bir nechta oilaning aʼzolari halok bo‘lgan.

 

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, zarba Bihsud tumanidagi uylarni nishonga olgan va bu uyda 12 nafar bola va o‘smir halok bo‘lgan. Shuningdek, ko‘plab odamlar jarohat olgani, aholi turar-joylari vayron bo‘lganiga oid fotosuratlar va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

 

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi hujumni qoralab, Pokistonga munosib va o‘z vaqtida javob qaytarilishidan ogohlantirdi.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Pokiston tunda Afg‘onistonga hujum qildi | Zamon.uz