O'zbekiston

Samarqanddagi hibsxonada tuman gaz xodimi vafot etgani aytilmoqda

Zamon.uz holat bo‘yicha izoh olish uchun viloyat IIB bilan bog‘landi. Maʼlumotlarga ko‘ra, marhumning qandli diabet kasalligi bo‘lgan.

Samarqanddagi hibsxonada tuman gaz xodimi vafot etgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumangaz taʼminoti korxonasi xodimi Kattaqo‘rg‘on shahridagi hibsxonadan o‘lik holda chiqqani aytilgan xabarlar tarqalmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, marhum Qodirjon Xayrullayev 35 yoshda bo‘lgan. Bugun soat 16:00 da marhumning janozasi o‘qilib, so‘nggi manzilga kuzatilgan.

 

U bundan biroz avval tuman hokimining yig‘ilishlaridan birida, hokimlik zalida qo‘lga olingani, ayni paytda u ayblanayotgan moddalar bo‘yicha tergov jarayoni ketayotgan bo‘lgani aytiladi.

 

Zamon.uz holat bo‘yicha izoh olish uchun Samarqand viloyati IIB axborot xizmati bilan bog‘landi.

 

Bildirilishicha, ayni paytda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Viloyat IIB matbuot xizmati rahbari marhumning qandli diabet kasalligi bo‘lganini va shu kasallikdan vafot etgani xabar qilinganini qo‘shimcha qilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.