Jahon

Trampning qarorgohiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan yigit otib tashlandi

U yarim tunda prezident qarorgohi oldida qo‘lida miltiq bilan paydo bo‘lgan.

Trampning qarorgohiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan yigit otib tashlandi

21-fevraldan 22-fevralga o‘tar kechasi AQSH Prezidentining Floridadagi shaxsiy qarorgohi va dam olish maskani — Mar‑a‑Lago atrofida favqulodda holat yuz berdi. Soat taxminan 1:30 da 20 yoshlar atrofidagi yigit ov miltig‘i va yonilg‘i to‘ldirilgan idish bilan qarorgohda paydo bo‘lgan.

 

Uni ikki nafar Maxfiy xizmat agenti va sherif o‘rinbosari to‘xtatib, qo‘lidagi narsalarni tashlashni buyurgan. Yigit idishni yerga qo‘ygan, biroq ov miltig‘ini “o‘q uzish pozitsiyasiga” ko‘targan payt huquq-tartibot xodimlari tomonidan otib tashlangan. Oqibatda yigit voqea joyida vafot etgan.

 

Manbalarga ko‘ra, u amerikalik—Austin Tusker Martin bo‘lib, Shimoliy Karolinadan bo‘lgan. Yigitning oila aʼzolari uni bir necha kun oldin yo‘qolgan deb xabar qilgan.

 

Voqea sodir bo‘lgan payt prezident Donald Tramp va uning rafiqasi qarorgohda bo‘lmagan. Ular Vashingtondagi Oq uyda edi.

 

Ayni paytda mahalliy huquq-tartibot organlari voqea sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan. Yigitning maqsadi hozircha mavhumligicha qolmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Trampning qarorgohiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan yigit otib tashlandi | Zamon.uz