O'zbekiston

Farg‘onadagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlandi

Hozirda 62 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘onadagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz berganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan     viloyat SSV rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 21 fevral kuni soat 19:00 dan boshlab Farg‘ona shahar hududida joylashgan 2-sonli, 58-sonli va 61-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tana haroratini ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, holsizlik, ko‘ngil aynishi, ich o‘tishi belgilari bilan murojaat bilan kelishgan.

 

Aniqlanishicha, bemorlarda qorin sohasida og‘riq, ich ketishi, haroratni ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi kabi sog‘lig‘ida salbiy holatlar kuzatilgan. 

 

Shifoxonada davolovchi vrachlar tomonidan bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “O‘tkir diareya kasalligi, alimentar etiologiyali” tashxisi bilan diyareya bo‘limiga yotqizilgan.

 

Hozirda bo‘limda 62 nafar bemorlar stasionar davolanayotgan bo‘lib, holati yaxshi. 

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari bog‘chalarning oshxonalarida va ovqat yetkazib beruvchi korxonada tekshiruvlar o‘tkazib, bolalar iste’mol qilgan taomlardan laboratoriya namunalari olib tekshirmoqda.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"