O'zbekiston

IIV Samarqanddagi hibsxonada vafot etgan shaxs bo‘yicha izoh berdi

Maʼlumotlarga ko‘ra, marhum o‘limidan bir necha kun oldin Tibbiyot birlashmasiga olib chiqilib, muolaja qilingan va hibsxonaga qaytarilgan.

IIV Samarqanddagi hibsxonada vafot etgan shaxs bo‘yicha izoh berdi

Avvalroq Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani gaz idorasi xodimi hibsxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi. Zamon.uz bu bo‘yicha viloyat IIBdan izoh olib, marhumning qandli diabet kasalligi borligini aniqlagandi.

 

Holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov ham rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 21 fevral kuni soat 17:35 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 7-sonli Tergov hibsxonada saqlanayotgan, Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan ayblanib qamoqqa olingan, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Q. sog‘ligi yomonlashganligi sababli Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga olib borish vaqtida, shu kuni soat 18:00 larda vafot etgan.

 

Birlamchi sud-tibbiyot tashxisga ko‘ra marhumning vafoti “2-tip qandli diabetning og‘ir asoratlari” natijasida yuzaga kelgan. Badanida hech qanday jarohat izlari aniqlanmagan.

 

Maʼlumot o‘rnida, 2026 yilning 18 fevral kuni ayblanuvchi X.Q. kasalligi sababli Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasiga olib chiqilib, akasi X.X.ga xabar qilingan va ularga shifoxonada qo‘shimcha ravishda uchrashuv tashkil etilgan. Ayblanuvchi Q.X. kerakli muolajalardan so‘ng 2026 yil 20 fevral kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlarining xulosasiga asosan sog‘lig‘i qoniqarli bo‘lganligi sababli hibsxonaga qaytarilgan.

 

Hozirda holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

IIV Samarqanddagi hibsxonada vafot etgan shaxs bo‘yicha izoh berdi | Zamon.uz