O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyada bolani qutqarib qolgan o‘zbekistonlikni mukofotladi

Shuningdek, unga Rossiya tomonidan ham pul mukofoti beriladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyada bolani qutqarib qolgan o‘zbekistonlikni mukofotladi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 7-qavatdan tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgan o‘zbekistonlik erkak “Jasorat“ medali bilan mukofotlandi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan favqulodda va murakkab vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan qulayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatgani va uning hayotini saqlab qolgani uchun yurtdoshimiz Ibadullayev Xayrullo Saydullayevich “Jasorat“ medali bilan mukofotlandi”, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, Sank Peterburgda ishlovchi 36 yoshli Xayrullo Ibodullayev qahramonligi uchun Tigran Keosayan nomidagi mukofot bilan taqdirlangan va unga 1 mln rubl ham beriladi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Ibodullayev mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan to‘rtinchi inson hisoblanadi. Mukofot RT va Rossiya Segodnya axborot agentliklari bosh muharriri tomonidan taʼsis etilgan. U bu tashabbusni Buguruslandagi ikki bog‘cha tarbiyachisining bolalarni pichoq ko‘targan shaxsdan himoya qilgan jasoratidan ilhomlanib yo‘lga qo‘ygan.

 

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgning Petrozavodskaya ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning ochiq derazasida planshet o‘ynab o‘tirgan 7 yoshli bola muvozanatini yo‘qotib, yiqilib tushgan. Biroq, karnizni ushlab qola olgan.

 

O‘zbekiston fuqarosi uni ko‘rib, derazadan uzoqlashishni so‘ragan. Biroq, bola karnizni ushlab turolmay, qo‘llarini qo‘yib yuborgan. Ko‘cha tozalayotgan erkak esa bolani ushlab qola olgan. Shundan so‘ng Xayrulla Ibodullayev uni o‘ziga keltirishga uringan. Oshxonada bo‘lgan ota va ona o‘g‘lining uyda yo‘qligini taxminan, 10 daqiqadan keyin sezgan. Maʼlum bo‘lishicha, bolaning autizm tashxisi bo‘lgan.

 

Ayni paytda bola reanimatsiyada, ahvoli barqaror. Uning bir necha joyi singan, jumladan, oyog‘i va ichki aʼzolari jarohatlangan. O‘zbekistonlik erkakning ham qo‘l panjalari va qovurg‘asi singan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyada bolani qutqarib qolgan o‘zbekistonlikni mukofotladi | Zamon.uz