O'zbekiston

Samarqandda uka o‘z akasini miltiq bilan otib o‘ldirib qo‘ydi

Hodisaga ular o‘rtasida ariqdan suv o‘tkazish masalasida yuzaga kelgan nizo sabab bo‘lgan.

Samarqandda uka o‘z akasini miltiq bilan otib o‘ldirib qo‘ydi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida uka o‘z akasini ov miltig‘i bilan otib o‘ldirib qo‘ydi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz'ga maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, voqea 12 fevral kuni soat 11:30 larda Narpay tumani “Ho‘jakarzon” mahallasi “Asilbek oltin baliqlari” fermer xo‘jaligi hududida yuz bergan.

 

Fuqaro A.S. ariqdan suv o‘tkazish masalasida akasi U.S. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli u bilan tortishib, janjal vaqtida o‘ziga tegishli “IJ-18” rusumli ov quroli bilan U.S.ga bir marotaba o‘q uzib, uni qasddan o‘ldirgan.

 

Sud-tibbiyot ekspertiza bo‘linmasining dastlabki maʼlumotida, marhum U.S.ning tanasida, yaʼni kalla, yuz, bo‘yin aʼzolarining ochiq shikasti, peshona chap lunj ikkala yelka bo‘g‘ini old yuzasi, o‘ng yelka sohalarida ov qurolidan o‘qli shikastlanish, ochiq kalla miya shikasti, peshona suyagini ochiq sinishi bosh miya to‘qimasini o‘qli shikastlanishi, yuz suyaklarini ochiq parchalanib sinishi, 4 va 5 bo‘yin umurtqalarining parchalanib sinishi, orqa miyaning o‘qli shikastlanishi tashxisi qo‘yilib, uning o‘limi tashqi qon ketishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan 2026 yil 12 fevral kuni Narpay tuman prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.