O'zbekiston

Surxondaryoda “Mening maktabim” loyihasi doirasidagi korrupsion sxema fosh bo‘ldi

Ikki mansabdor jami 111 200 AQSH dollari hamda 567 mln so‘mni pora tariqasida olayotganda qo‘lga tushgan.

Surxondaryoda “Mening maktabim” loyihasi doirasidagi korrupsion sxema fosh bo‘ldi

Surxondaryo viloyati taʼlim sohasida yirik korrupsion sxema fosh etildi. Bu haqida “Vodiy24” nashri xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining sobiq boshlig‘i H.Mamadiyev hamda Termiz shahar bo‘limi sobiq rahbari S.Ro‘ziqulov katta miqdordagi pora bilan ushlangan.

 

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, korrupsion sxema Jarqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilgan “Mening maktabim” loyihasi doirasida shakllangan. Mamadiyev bog‘chalarga kompyuter va boshqa texnik jihozlar yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderlarda tadbirkorlarga “yordam berish” evaziga tizimli ravishda pul talab qilib kelgan.

 

Mansabdorlar jami 111 200 AQSH dollari hamda 567 mln so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Jinoyat ishida Termiz shahri Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi sobiq boshlig‘i Sirojiddin Ro‘ziqulov ham ishtirok etgan. Qiziq jihati, Ro‘ziqulov 2025 yil oktyabr oyida o‘z lavozimidan tantanali ravishda, sovg‘a-salomlar bilan kuzatilgan edi.

 

Hozirda ikkala mansabdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddaning tegishli bandlari (takroran, juda ko‘p miqdorda va bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgani) og‘ir jazo choralarini nazarda tutadi.

 

Tergov harakatlari davom etmoqda. Bu voqea taʼlim tizimidagi tender jarayonlari shaffofligi masalasini yana bir bor kun tartibiga chiqardi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Surxondaryoda “Mening maktabim” loyihasi doirasidagi korrupsion sxema fosh bo‘ldi | Zamon.uz