O'zbekiston

Toshkentda noqonuniy olib kirilgan 179 ta iPhone musodara qilindi

Ularning umumiy qiymati salkam yarim milliard so‘mni tashkil etadi.

Toshkentda noqonuniy olib kirilgan 179 ta iPhone musodara qilindi

Toshkentda respublikaga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 179 ta iPhone rusumli telefonlar savdosi fosh bo‘ldi. Bu haqida “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chilonzor tumanida shubhali harakatlar kuzatuvga olingan.

 

Tekshiruv jarayonida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan, noqonuniy yo‘llar bilan respublikaga olib kirilgan 102 dona iPhone qurilmalari “shartli xaridor”ga sotilayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan. Ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 255 mln so‘mni tashkil etgan.

 

Shayxontohur tumani yaqinidagi savdo majmuasi atrofida ham xuddi shunday holat yuz bergan. 207 mln 900 ming so‘mlik 77 dona telefon yana yashirin qo‘llardan “shartli xaridor”ga o‘tkazilayotganda tezkor xodimlar tomonidan noqonuniy savdo zanjiri uzilgan.

 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon kompleks bojxonachilari tomonidan 35 ta holatda jami 1 mlrd 727 mln so‘mlik 377 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasi oldi olingan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda noqonuniy olib kirilgan 179 ta iPhone musodara qilindi | Zamon.uz