O'zbekiston

Urushga qatnashib, jarohat olib qaytgan andijonlik yigit 3 yilga qamaldi

Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uni qandaydir hujjatga imzo qo‘yishga majbur qilishgan.

Urushga qatnashib, jarohat olib qaytgan andijonlik yigit 3 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Bo‘ston tumani sudida urushga yollanish bo‘yicha ayblangan 23 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

 

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi 2025 yil yanvar oyida ishlash uchun Rossiyaga borgan. U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun murojaat qilganida, unga deportatsiya qilinishi va Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishi kerakligi aytilgan. Biroq pul zarurati tufayli u ishlashda davom etgan.

 

Keyinchalik u ishlash uchun Domodedovo shahriga yo‘l olgan, Istra shahrida uni huquq-tartibot idoralari xodimlari to‘xtatib, hujjatlari yo‘qligi sababli politsiya bo‘limiga olib ketishgan.

 

Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uni qandaydir hujjatga imzo qo‘yishga majbur qilishgan, shundan so‘ng uni Varojnik posyolkasiga olib ketishgan. U yerda unga harbiy kiyim, telefon va bank kartalari berilgan va harbiy tayyorgarlik o‘tkazilgan.

 

Keyin boshqa odamlar bilan birga Lugansk shahriga olib ketilgan. 8 may kuni ularga dron yordamida zarba berilgan. U yashirinishga uringan, biroq drondan tashlangan bomba portlashi natijasida oyog‘idan jarohat olgan. Shundan so‘ng u Lugansk kasalxonasiga yuborilgan. Keyinchalik u Moskvaga borib, O‘zbekistonga chipta sotib olgan va uyiga qaytgan.

 

U qilmishidan pushaymonligini bildirib, unga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan.

 

Sud fuqaro o.X.ni JKning 154-moddasi 1-qismida (yollanish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.