O'zbekiston

Zelenskiy: Putin allaqachon Uchinchi jahon urushini boshlagan

“Biz hududlarni qaytaramiz, lekin buni hozir amalga oshirish millionlab odamlar hayotiga zarar yetkazishi mumkin”, degan Ukraina yetakchisi.

Zelenskiy: Putin allaqachon Uchinchi jahon urushini boshlagan

Ukraina prezidenti Rossiya qancha hududni egallay olishi va Putinni qanday to‘xtatish mumkinligi asosiy masalalardan biri ekanini qayd etdi.

 

Zelenskiyning fikricha, Tramp ishonchli hamkor bo‘lmasligi mumkin. Chunki u doimo prezident bo‘lib qolmaydi. Ukraina uchun Amerika beradigan xavfsizlik kafolatlarining ishonchliligi AQSH Kongressiga bog‘liq.

 

“Men diktator emasman va bu urushni boshlamaganman. G‘alaba bu ukrainaliklarni normal hayotga qaytarish va odamlar o‘ldirilishini to‘xtatish, Putin tomonidan yaratilgan global tahdidni yo‘q qilishdir. Biz hududlarni qaytaramiz, lekin buni hozir amalga oshirish millionlab odamlar hayotiga zarar yetkazishi mumkin”, degan u.

 

Prezident Ukrainada yetarli qurol bo‘lishi hamkorlarga bog‘liq ekanini qo‘shimcha qilib, 1991 yil chegaralariga qaytish adolatning qaror topishini va Ukrainaning g‘alabasini belgilashini aytgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Zelenskiy: Putin allaqachon Uchinchi jahon urushini boshlagan | Zamon.uz