Jahon

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Qor qalinligi 55 santimetrdan oshgan. Shaharda favqulodda holat eʼlon qilingan.

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Shimoli-sharqiy Amerikaga yopirilgan qor bo‘roni Nyu-York shahrini falaj holga keltirib qo‘ydi. Bir qancha hududlarda qor qalinligi 55 santimetrga yaqin yoki oshib ketgani qayd etildi, bu shaharda so‘nggi to‘qqiz yil ichida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

 

Shahar meri Zoxran Mamdani favqulodda holat eʼlon qilib, 22 fevraldan boshlab jamoat transporti va shaxsiy avtomobillar harakati deyarli to‘xtatilganligini maʼlum qildi. Maktablar yopildi, darslar bekor qilindi va aholiga uyda qolish tavsiya etilmoqda.

 

Bo‘ron shiddat bilan kuchayib, soatiga 5–8 santimetr qor yog‘ishi kuzatildi. Kuchli shamol tufayli yo‘llarda ko‘rish imkoniyati juda cheklangan.

 

Noqulay ob-havo sharoiti havo transporti tizimiga jiddiy zarba berdi. Nyu-Yorkning yirik aeroportlarida bir kunning o‘zida 5 000 dan ortiq aviareyslar bekor qilingan.

 

Meteorologik xizmatlar qor bo‘roni haqida ogohlantirishlarini eʼlon qildi. Ko‘p shtatlarda favqulodda holat eʼlon qilinib, yo‘llarda faqat zarur xizmat transporti uchun ruxsat berildi.

 

Shuningdek, kuchli shamol va qor natijasida elektr taʼminoti uzilib, yuz minglab odamlar elektrsiz qolgan joylar ham bor.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi | Zamon.uz