O'zbekiston

“Putin Kiyevni uch kunda egallashini aytganiga to‘rt yil to‘ldi” — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti urushning to‘rt yilligi munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

“Putin Kiyevni uch kunda egallashini aytganiga to‘rt yil to‘ldi” — Vladimir Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning to‘rt yilligi munosabati bilan xalqqa videomurojaat qildi. Murojaat havo trevogalari paytida ishlatiladigan va ofisi joylashgan bunkerdan yo‘llandi.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yil 24-fevralda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevni uch kunda egallashini va’da qilgan.

 

"Bugun Putin Kiyevni uch kun ichida egallab olganiga roppa-rosa to'rt yil bo'ldi. Va bu bizning qarshiligimiz, Ukrainaning shu vaqt ichidagi kurashi haqida ko'p narsalarni aytib beradi. Bu so'zlar ortida millionlab xalqimiz, buyuk jasorat, mehnatsevarlik, chidamlilik va Ukraina 24-fevraldan beri bosib o'tgan uzoq yo'l turibdi", deydi Ukraina prezidenti.

 

Prezident videomurojaatda bunkerdagi ish tartibi va urushning dastlabki kunlaridagi bunkerda yuzlab odamlar har kuni harbiy yig‘ilishlar va strategik qarorlar bilan shug‘ullanishi, dunyo yetakchilari bilan telefon va videomuzokaralar olib borilgani, qurol-yarog‘, dori-darmon va oziq-ovqat yetkazish masalalari hal qilingani kabi voqealarni esladi.

 

Zelenskiy shuningdek, Ukraina xalqining birdamligini ta’kidlab, oq bayroq ko‘tarmagani, balki ko‘k-sariq bayroqni himoya qilganini bildirdi. Prezident urushning og‘ir ta’sirini eslatib, tinchlikni va barqaror kelajakni yaratish zarurligini qayd etdi.

 

Urushning 1 462 kuni davomida Ukraina xalqining jasorati va mustaqillikni himoya qilishdagi fidoyiligi dunyo hamjamiyatiga namuna bo‘lmoqda. Zelenskiy barcha ukrainlarni birdamlikni saqlashga, urush tugaguncha qat’iyat bilan qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi.

 

“Biz mustaqilligimizni himoya qildik, davlatimizni yo‘qotmadik, Putin maqsadlariga erisha olmadi. Ukraina xalqini sindira olmadi. Biz tinchlik va adolatga erishish uchun barcha choralarni ko‘ramiz. Ukraina shon-sharafga loyiqdir!”, deya ta'kidladi Ukraina rahbari.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"