O'zbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar o‘rdakcha yurishga majburlandi

O‘tkazilgan reyd davomida ular Rossiya hududida noqonuniy yashab kelgani aniqlangan.

Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar o‘rdakcha yurishga majburlandi

Rossiyaning Volgograd viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida 34 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududida noqonuniy yashab kelgani aniqlandi. Mahalliy fuqaro ularga ko‘maklashgani maʼlum bo‘ldi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Volgograd viloyatining Ilovlinskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari issiqxona xo‘jaliklarida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish maqsadida reyd o‘tkazgan. Tekshiruv davomida xorijdan kelgan ayrim ishchilar Rossiyada bo‘lish qoidalariga amal qilmagani aniqlangan.

 

Ichki ishlar bosh boshqarmasi eʼlon qilgan suratlarda inson huquqlari buzilib, migrantlarga nisbatan “o‘rdak yurish” amaliyoti qo‘llanganini ko‘rish mumkin.  

 

Ushbu holatga 56 yoshli dehqon-fermer xo‘jaligi rahbari sababchi bo‘lgan. U 34 nafar O‘zbekiston fuqarosini ro‘yxatga qo‘yishda ularga yashash joyi taqdim etilgani haqida maʼlumot bergan. Biroq amalda ular ro‘yxatda ko‘rsatilgan manzilda emas, balki issiqxonalar yaqinida yashab kelgan.

 

Ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mahalliy fuqaro sodir etgan qilmishini tan oldi. Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi (“Chet el fuqarosini Rossiya Federatsiyasida turar joy bo‘yicha soxta ro‘yxatga qo‘yish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Endilikda fermer 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.