O'zbekiston

Xalqaro standartlar asosida muhandislar tayyorlayotgan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 4 yilligini nishonladi

Universitetda AQSh, Polsha, Italiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Janubiy Afrikadan kelgan professor-o‘qituvchilar talabalarga xalqaro standartlar asosida ta’lim bermoqda.

Xalqaro standartlar asosida muhandislar tayyorlayotgan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 4 yilligini nishonladi

 

Xalqaro standartlar asosida muhandis kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan oliygohda dunyoning turli davlatlaridan kelgan xorijiy professor- o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Universitet o‘quv reja va dasturlarining qariyb 99 foizi xorijiy texnika universitetlari bilan hamkorlikda, jahon standartlari asosida ishlab chiqilgan.

 

Bugun bu yerda AQSH, Polsha, Italiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Janubiy Afrikadan kelgan mutaxassislar talabalarga taʼlim bermoqda.

 

Azim kentdagi ilk xususiy oliy taʼlim muassasasi Samarqand xalqaro texnologiya universiteti tashkil etilganiga to‘rt yil to‘ldi.

Bu davrda universitet mustahkam poydevor yaratib, aniq strategik maqsadlarni belgilab oldi.

Taʼlim jarayoni amaliyotga yo‘naltirilgan va dual taʼlim tizimi asosida tashkil etilgan. Natijada talabalar xalqaro forumlar, konferensiyalar va xakatonlarda munosib yutuqlarga erishmoqda.

 

Universitet o‘zining 4 yilligini tantanali ravishda nishonladi.

 

Tadbirda xalqaro ilmiy va taʼlim tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari, xorijiy hamkorlar, universitet jamoasi, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

 

Tantanali tadbir avvalida universitet homiylar kengashi raisi, Kompaniyalar guruhi Bosh direktori Baxtiyor Fazilovning tabrigi o‘qib eshittirildi.

 

Universitet rektori, professor Yusuf Abdullayev o‘z so‘zida universitetning shakllanish bosqichlariga alohida to‘xtalib, erishilgan yutuqlarini tilga olib kelgusidagi rivojlanishning strategik yo‘nalishlari haqida gapirdi.

 

Tadbirda eng yuqori natijalarga erishgan bo‘lgan talabalar, universitet professorlari homiylar kengashi raisi tomonidan taqdirlandi. Tantanali tadbir talabalar ijrosida universitet gimni bilan yakunlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.