O'zbekiston

Boshpanasiz hayvonlarni himoya qilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yuborildi

Unda poytaxtda parvarishxonalar infratuzilmasining yetarli emasligi, ajratilayotgan mablag‘lar, masʼul idoralar hamkorligi va NNTlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar yuzasidan asoslantirilgan maʼlumot taqdim etish so‘ralgan.

Boshpanasiz hayvonlarni himoya qilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yuborildi

 

Toshkent shahrida boshpanasiz hayvonlarni muhofaza qilish, saqlash va parvarishlash masalalari yuzasidan Senatning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar To‘ychiyev tomonidan Toshkent shahar hokimi nomiga senatorlik so‘rovi yuborildi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda poytaxtda qarovsiz jonivorlarni himoya qilish, ularni saqlash va parvarishlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari, ko‘ngillilar hamda hayvonsevar faollar tomonidan o‘z mablag‘lari va tashabbuslari asosida boshpanalar tashkil etilib, jonivorlarni parvarishlash, emlash va davolash ishlari olib borilmoqda.

 

Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar Toshkent shahrida qarovsiz hayvonlarni saqlash va parvarishlash uchun mavjud infratuzilma yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Xususan, mavjud parvarishxonalar soni va ularning sig‘imi ehtiyojni to‘liq qoplamayotgani, ayrim holatlarda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan qarovsiz hayvonlarni ovlash, saqlash hamda nobud bo‘lgan hayvonlarni utilizatsiya qilish jarayonlarini tashkil etishda kamchiliklar kuzatilayotgani taʼkidlangan.

 

Bundan tashqari, ayrim fuqarolar tomonidan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari qayd etilayotgani jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘layotgani ham alohida qayd etilgan.

 

Mazkur holatlarni inobatga olgan holda, senatorlik so‘rovida Toshkent shahrida qarovsiz hayvonlarni saqlash va parvarishlashga mo‘ljallangan pitomniklar tashkil etish bilan bog‘liq muammolar, mavjud parvarishxonalar soni va sig‘imi, ushbu sohaga ajratilayotgan mablag‘lar, masʼul idoralar o‘rtasidagi hamkorlik darajasi, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va faollar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan asoslantirilgan maʼlumot taqdim etish so‘ralgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"