Jahon

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘zining 13 yoshli qizi Kim Ju Eni KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi.Bu haqda Janubiy Koreyaning The Chosun Daily nashri hukumat va razvedka manbalariga tayanib ma’lum qildi.

 

Nashr xabariga ko‘ra, razvedka idoralari Kim Ju E “raketa bo‘linmasining bosh direktori” sifatida tilga olinayotganini qayd etilgan. Manbalarga ko‘ra, u strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda hamda ayrim buyruqlar bermoqda.

 

Shuningdek, xabarlarda Kim Ju Ening siyosiy va harbiy tadbirlarda tobora ko‘proq ko‘rinish berayotgani, jumladan, raketa sinovlari va strategik obyektlarga tashriflar davomida otasi bilan birga qatnashayotgani ta’kidlanadi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, uning bu jarayonlarga jalb etilishi harbiy tuzilmalar ustidan nazoratni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

 

Biroq rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, raketa dasturi bo‘yicha tegishli lavozim amalda boshqa mansabdor shaxs tomonidan egallab turilgani aytiladi. Shu bilan birga, nashr manbalari Kim Ju E amalda strategik masalalarda muhim rol o‘ynayotganini bildirgan.

 

OAVda qayd etilishicha, Shimoliy Koreyada rahbariyat masalasiga oid muhokamalar fonida Pxenyanda muhim siyosiy yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Unda so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlar sarhisob qilinib, keyingi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar belgilanishi ko‘zda tutilgan.

 

Eslatib o‘tilishicha, Kim Ju E ilk bor 2022-yil noyabr oyida qit’alararo ballistik raketa sinovi tadbirida otasi bilan birga omma oldida ko‘ringan. Shundan buyon u davlat va harbiy tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Ayrim xalqaro kuzatuvchilar va razvedka manbalari uning kelajakdagi ehtimoliy voris sifatidagi maqomi bosqichma-bosqich mustahkamlanayotganini taxmin qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.