O'zbekiston

Namanganda garovdagi mashina MIB orqali topildi

Fuqaro bankdan qarzini vaqtida to‘lamay, garovga qo‘yilgan avtomashinasini akasinikiga yashirib qo‘ygan bo‘lgan.

Namanganda garovdagi mashina MIB orqali topildi

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida bank garovida bo‘lgan transport vositasi aniqlandi.

 

Avtomashina Chust tumanida deb ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, o‘rganishlar davomida u Yangi Namangan tumanida — qarzdorning akasi uyida yashirib qo‘yilgani maʼlum bo‘ldi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, qarzdor M.M.dan tijorat banki foydasiga 188 million so‘m qarzdorlik undirish belgilangan. Ijro hujjati yuzasidan unga rasmiy ogohlantirish berilgan bo‘lishiga qaramasdan, qarzdor majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarmagan.

 

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida garov mulki aniqlanib, belgilangan tartibda xatlov qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"