O'zbekiston

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

 

Anjumanda Bosh prokuratura, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, soliq va bojxona qo‘mitalari vakillari, amaliyotchilar, tadbirkorlar, shuningdek, olimlar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

 

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

 

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

  • Iqtisodiy xavfsizlik sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash;
  • Iqtisodiyotdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, shu jumladan byudjet mablag‘lari sarflanishi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;
  • Tadbirkorlik va kichik biznesning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashning ilmiy-amaliy jihatlari;
  • Yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish;
  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurash samaradorligini oshirish.

 

Shuningdek, anjuman doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum inspeksiya va universitetning yashirin iqtisodiyot ko‘lamini tahlil qilish, baholash va tadqiqotlar o‘tkazish, takliflar ishlab chiqish sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Anjuman yakunida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni realizatsiya qilish choralarini ko‘rish belgilandi. Tadbir mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, raqamli islohotlar samaradorligini oshirish va iqtisodiy xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi | Zamon.uz