O'zbekiston

Toshkentda 10-sinf bola YPX xodimini urib yubordi

Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentda 10-sinf bola YPX xodimini urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan bola YPX xodimini urib yuborgani va oqibatda xodim og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 25 fevral kuni soat 21:46 da 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola, xususiy maktabning 10-sinf o‘quvchisi “BMW M4” rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib, Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini urib yuborgan.

 

YPX inspektori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

“Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"