O'zbekiston

Adliya vazirligi “KIA K9”ni egasiga qaytarib berdi

Vazirlikning ma’lum qilishicha, vaqtincha tekin foydalanib turish uchun taklif taklif qilingan avtotransport vositasidan vazirlikda foydalanish zarurati qolmagan.

Adliya vazirligi “KIA K9”ni egasiga qaytarib berdi

Adliya vazirligi “ROODELL” MChJdan “sovg‘a sifatida” qabul qilgan KIA K9 rusumli avtomobilini tashkilotga qaytarib berdi. Bu haqda Zamon.uz so‘roviga javoban Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Joriy yilning 12-fevral kuni Adliya vaziri A. Toshqulov  imzosi ostida vazirlik “ROODELL” MChJ balansida bo‘lgan, 2023-yilda ishlab chiqarilgan KIA K9 PREMIUM rusumli avtotransport vositasi vaqtinchalik foydalanish uchun tekin foydalanish shartnomasi asosida vazirlik  qabul qilgan. Bu haqda “Revizor” Telegram kanali ma’lum qilgan edi.

 

Vazir tomonidan imzolangan buyruqda Avtotransport vositasidan foydalanish bilan bog‘liq yoqilg‘i-moylash materiallari  va texnik xizmat ko‘rsatish  xarajatlari amaldagi me’yorlarga muvofiq Adliya vazirligi hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

 

“Formal-huquqiy jihatdan, davlat organlari mulkni bepul foydalanishga qabul qilishi mumkindir. Lekin davlat xizmatida etika va manfaatlar to‘qnashuvi masalasi ham bor.

 

Nima uchun xususiy kompaniya davlat organiga yuqori toifadagi avtomobilni bepul taqdim etadi? Hujjatda bu savolga javob yo‘q”, - deyiladi “Revizor” Telegram kanalida.

 

Orginfo ma’lumotlariga ko‘ra, “ROODELL” MChJ avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanib keladi. Tashkilot 2010-yil 10-may kuni ro‘yxatdan o‘tgan. MCHJ Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida faoliyat yuritadi. 

 

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu MCHJ faoliyati Jizzax viloyatidagi “ADM  Jizzax” MCHJga borib taqaladi.

 

Shundan so‘ng zamon.uz ushbu holat bo‘yicha Adliya vazirligi Axborot xizmat boshlig‘i Xayot Qlichev bilan bog‘landi. 

 

U bu holat bo‘yicha agar rasmiy izoh kerak bo‘lsa tahririyat tomonidan rasmiy xat bilan chiqishi kerakligini va qonunda belgilangan tartibda javob qaytarishini ma’lum qildi.

 

Zamon.uz 19-fevral kuni vazirlik pochtasiga so‘rov xatini yubordi.

 

Adliya vazirligi bugun, 27-fevral kuni tahririyatimiz so‘roviga javob qaytardi.

 

Unda yozilishicha, “ROODELL” MCHJ tomonidan Adliya vazirligiga vaqtincha tekin foydalanib turish uchun taklif taklif qilingan KIA K9 rusumli avtotransport vositasini vazirlikda foydalanish zarurati qolmaganligi sababli MChJga qaytarib berilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Adliya vazirligi “KIA K9”ni egasiga qaytarib berdi | Zamon.uz