O'zbekiston

Kimdir 15 sutkaga kiradi, lekin biz kichik jarima bilan qutuldik — maqtanchoq yigit uzr so'radi

Avvalroq BMW’da yo‘l qoidalarini buzgan yigit PR maqsadida olingan videolari bilan faxrlanishini bildirgan edi.

Kimdir 15 sutkaga kiradi, lekin biz kichik jarima bilan qutuldik — maqtanchoq yigit uzr so'radi

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangani, xodim esa palkasini otgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Kuni kecha tarmoqlarda ushbu qoidabuzar haydovchining yangi videosi paydo bo'lib, unda yigit o'z qilgan ishidan faxrlanishini bildirgan.

 

Videolarda yigit “Kimdir 15 sutkaga kiradi, lekin biz kichik jarima bilan qutildik” deb aytgani ko‘rsatilgan.

 

Bosh prokuratura tomonidan Uzbelas Performance avtoulov servisi rahbari Asadbek Jumayev ishtirokidagi videointervyu o‘rganildi.

 

Yigitning ta’kidlashicha, u transport vositalarini tuning qilish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullangan, YPX xodimiga zarar yetkazmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar PR maqsadida va maqtanchoqlikdan kelib chiqqan bo‘lib, yigit o‘z xatti-harakatlari noto‘g‘ri ekanini tan olib, barcha jabrlanganlardan uzr so‘ragan.

 

Aniqlanishicha, 2026-yil 16-yanvardagi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudining qaroriga asosan, А.Jumayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining foto va videotasvirlarini ularning obro‘sini tushiradigan tarzda tarqatish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 8,4 mln so‘m jarimaga tortilgan.

 

Holatga holis huquqiy baho berish maqsadida, 2026-yil 26-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiiga protest kiritildi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.