O'zbekiston

Otamurodga “Prezident sovg‘asi” — BYD Chazor topshirildi

O’zbekiston Prezidenti yoshlar bilan o‘tkazgan muloqoti davomida xorazmlik Otamurod Rayimboyevni “Prezident sovg‘asi” bilan taqdirlagan edi.

Otamurodga “Prezident sovg‘asi” — BYD Chazor topshirildi

 

Avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida Xorazm viloyati Urganch tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabining 4-sinf o‘quvchisi Otamurod Rayimboyev o‘zining yuksak ijro mahoratini namoyish etgan edi.

 

Yosh iste’dod egasi O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov repertuaridan qo‘shiqni jonli ijroda kuylab, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirgan. Uning sahnadagi ishonchli chiqishi va tabiiy iste’dodi Prezident tomonidan alohida e’tirof etilib, yosh ijodkorga avtomobil sovg‘a qilishga qaror qilingani haqida xabar berilgan edi.

 

Bugun mazkur maxsus sovg‘a viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov tomonidan Otamurod Rayimboyevga uning oila a’zolari hamda ustozlari ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.

 

Marosim davomida yosh ijodkor va uning ota-onasi davlat rahbarining bunday yuksak e’tibori va rag‘bati uchu minnatdorlik izhor etdilar. Ta’kidlanganidek, bunday e’tirof yosh avlodni san’at va ijod yo‘lida yanada katta marralarni zabt etishga ruhlantiradi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"