Jahon

Qozog‘istondagi kafeda gaz portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

O't o'chiruvchilar yonayotgan binodan sakkizta gaz ballonini olib chiqishgan.

Qozog‘istondagi kafeda gaz portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

 

Qozog‘istonning Shchuchinsk shahrida 26-fevraldan 27-fevralga o‘tar kechasi kafeda gaz portlashi sodir bo‘ldi.

 

Akmola viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jami 26 kishi jarohat olgan, shulardan yetti nafari, jumladan 16 yoshli voyaga yetmagan qiz, vafot etgan.

 

O‘n uch kishi Burabay tuman kasalxonasida davolanmoqda, olti kishi ambulatoriya nazoratiga olingan. Shuningdek, besh nafar jabrlanuvchi shifokorlar hamrohligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tez tibbiy yordam mashinasida Kokshetau shahriga olib ketilgan.

 

Shahar ma’muriyatining xabar berishicha, portlash turar-joy binosiga tutashgan kafeda sodir bo‘lgan va o‘t o‘chirish xizmati hodisa joyiga yetib kelganida yonayotgan binodan sakkizta gaz ballonini olib chiqishgan.

 

Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy hokimiyat vakillari portlash sabablarini aniqlash va jabrlanuvchilarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ish olib bormoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"