“Tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga chaqiramiz”
O‘zbekiston TIV Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi otishmaga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara hududida vaziyatning keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi.
Vazirlik tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka va keskinlikning yana-da kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirgan.
“O‘zbekiston tomoni yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida hal etilishi lozimligini yana bir bor taʼkidlaydi”, deyiladi rasmiy bayonotda.







