O'zbekiston

Toshkentda YPX xodimini urib yuborgan BMW “prava”si yo‘qlarga 18 marotaba berilgan

Ushbu transport vositasi 2002-yilda tug‘ilgan qizga tegishli bo‘lib, avtomobil 2024-yildan shu kunga qadar 18 marotaba transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga haydash uchun berilgan.

Toshkentda YPX xodimini urib yuborgan BMW “prava”si yo‘qlarga 18 marotaba berilgan

 

Toshkent shahrida YPX xodimini avtomobil bilan urib yuborgan 10-sinf o‘quvchisi avval ham o‘zboshimchalik bilan transport vositasini boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Bildirilishicha, voyaga yetmagan shaxsning maktabda dars qoldirgani sababli uning ota-onasi 2025-yil 12-sentabr kuni, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan avtomobil boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun 2026-yil 8-yanvar kuni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

 

Shunga qaramay, ota-onalarning loqaydligi va yetarli nazoratning yo‘qligi oqibatida voyaga yetmagan shaxs tomonidan navbatdagi qoidabuzarlik sodir etilgan.

 

Aniqlanishicha, YPX xodimini urib yuborishda ishtirok etgan BMW rusumli avtomobil 2002-yilda tug‘ilgan Leyla Atadiyanovaga tegishli bo‘lib, mazkur shaxs 2024-yildan hozirgi kunga qadar 18 marotaba transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga haydash uchun bergan. Bundan tashqari, u tomonidan yana 37 marotaba boshqa turdagi yo‘l harakati qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani qayd etilgan.

 

Hodisa ortidan voyaga yetmagan shaxs o‘z qilmishidan pushaymon ekanini bildirib, YPX xodimi hamda uning yaqinlaridan uzr so‘ragan. U ilgari ogohlantirilganiga qaramay, yana avtomobilni o‘zboshimchalik bilan olib chiqqanini tan olgan.

 

Bolaning otasi ham jamoatchilikdan uzr so‘rab, o‘z loqaydligi oqibatida og‘ir oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lganini taʼkidlagan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"