O'zbekiston

10-sinf o‘quvchisi urib yuborishi oqibatida vafot etgan YPX xodimi so‘nggi manzilga kuzatildi

Vidolashuv marosimida xodim sharafiga quroldan o‘t ochildi.

10-sinf o‘quvchisi urib yuborishi oqibatida vafot etgan YPX xodimi so‘nggi manzilga kuzatildi

Bugun, 28-fevral kuni Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgan Yo‘l-patrul xizmati xodimi, kichik serjant Xosilbek Eshnazarov so‘nggi manzilga kuzatildi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

 

U joriy yilning 25 fevral kuni poytaxtning Mirobod tumani Nukus ko‘chasida begona transport vositasini olib qochib, yuqori tezlikda harakatlanayotgan voyaga yetmagan qonunbuzarning yo‘lini to‘sib, o‘z jonini ayamagan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatning oldini olgan.

 

Qahramonlarcha harakat qilgan xodim og‘ir tan jarohatlari olgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam va mutaxassislarning harakatlariga qaramasdan, Xosilbek shifoxonada vafot etgan.

 

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovga ko‘ra, 33 yoshli Xosilbek Eshnazarov oilaning kenja farzandi, ota-onasining suyangan tog‘i, ikki qiz va bir o‘g‘ilning ishongan qalqoni, rafiqasining sevimli turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.

 

“Xosilbekning ko‘rsatgan jasorati esa Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi, safdoshlari hamda u xizmat qilgan xalq qalbida mangu yashaydi. Ona-yurt o‘z qahramon farzandini hech qachon unutmaydi”, deydi G‘iyosov.

 

Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi va 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «D» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

 

 

 

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.