O'zbekiston

Bekobodda IIB xodimi urib yuborgan erkakning jasadi 80 kundan so‘ng topildi

U voqeadan so‘ng Farhod kanaliga tashlab yuborilgandi.

Bekobodda IIB xodimi urib yuborgan erkakning jasadi 80 kundan so‘ng topildi

Bekobod shahrida ichki ishlar xodimi tomonidan mashinada urib yuborilgan va kanalga tashlab yuborilgan 43 yoshli fuqaroning jasadi 80 kundan so‘ng aniqlandi. Bu haqida marhumning yaqinlari maʼlum qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 11 dekabr kuni Bekobod shahar IIB katta tezkor vakili mast holatda avtomashina boshqargan. U fuqaroni urib yuborgach, jasadni “Nexia” avtomobiliga yuklab, hodisa joyidan uzoqroq joyga olib borgan va turmush o‘rtog‘ini chaqirgan.

 

Ayol “Matiz” avtomobilida kelgan. So‘ngra er-xotin jasadni ikkinchi mashinaga yuklab, hodisa joyidan 35 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga tashlab yuborgan.

 

Shundan so‘ng qidiruv ishlari kanalning jasad tashlab yuborilgan joyidan Sirdaryo daryosigacha bo‘lgan qismida amalga oshirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.