Jahon

Hal qiluvchi palladamiz — Rizo Pahlaviy Eron xalqiga murojaat qildi

Eron sobiq valiahd shahzodasi AQSh tomonidan va’da qilingan yordam yetib kelayotganini aytib, yakuniy g‘alaba Eron xalqiga tegishli bo‘lishini bildirdi.

Hal qiluvchi palladamiz — Rizo Pahlaviy Eron xalqiga murojaat qildi

 

Eron sobiq valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy mamlakat xalqiga murojaat yo‘llab, Eron “hal qiluvchi pallaga” kirganini ta’kidladi. U o‘z chiqishida Islom Respublikasi rejimiga qarshi kurashning yakuniy bosqichi yaqinlashayotganini bildirdi.

 

Pahlaviy AQSh prezidenti tomonidan Eron xalqiga va’da qilingan yordam yetib kelayotganini qayd etib, bu yordam Eron xalqiga emas, balki “zulm apparati” deb atagan amaldagi tuzumga qarshi qaratilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, yakuniy g‘alabaga Eron xalqining o‘zi erishadi.

 

“Biroq bu yordam kelganiga qaramay, oxirgi g‘alaba baribir bizniki bo‘ladi. Bu oxirgi jangni biz – Eron xalqi yakunlaymiz. Ko‘chalarga qaytish vaqti yaqinlashdi”, degan u.

 

Sobiq shahzoda mamlakat qurolli kuchlari, politsiya va xavfsizlik xizmatlariga murojaat qilib, ularni Islom Respublikasi rahbariyatini emas, balki Eron va uning xalqini himoya qilishga chaqirdi. “Sizning burchingiz xalqni himoya qilishdir”, deya ta’kidladi u.

 

Ma’lumot uchun, Pahlaviy 1979-yilgi Islom inqilobigacha mamlakatni boshqargan Pahlaviylar sulolasi vakili bo‘lib, hozirda xorijda yashaydi va so‘nggi yillarda hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

 

Uning murojaati mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda yangradi. 28-fevral kuni Isroil kuchlari Erondagi harbiy obyektlarga zarba berganini Isroil mudofaa vaziri Israel Katz tasdiqlagan edi. Operatsiyadan so‘ng mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Hal qiluvchi palladamiz — Rizo Pahlaviy Eron xalqiga murojaat qildi | Zamon.uz