Jahon

Isroil Erondagi boshlang‘ich maktabga zarba berdi

Hodisa oqibatida salkam 60 nafar bola halok bo‘lgan.

Isroil Erondagi boshlang‘ich maktabga zarba berdi

Isroil Eronning janubidagi Minab shahrida joylashgan qizlar maktabiga raketa zarbasi berdi. Mehr axborot agentligi va mahalliy rasmiylar maʼlumotiga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 57 nafar bola halok bo‘lgan, yana 48 nafari turli darajada jarohat olgan.

 

Ayni paytda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, vayronalar ostida qolganlarni izlash ishlari olib borilmoqda.

 

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy hujumga munosabat bildirib, zarba oqibatlari aks etgan videokadrlarni eʼlon qildi. U Eron xalqiga qarshi sodir etilgan “jinoyatlar javobsiz qolmasligini” taʼkidladi.

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy ham hujumni “ochiq jinoyat” deb atab, BMT Xavfsizlik kengashini zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.

 

Al-Jazeera telekanali muxbiri Muhammad Vallning Tehrondan xabar berishicha, taʼlim muassasasiga berilgan zarba AQSH va Isroilning “faqat harbiy obyektlar nishonga olinmoqda” degan bayonotlarini shubha ostiga qo‘ymoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil Erondagi boshlang‘ich maktabga zarba berdi | Zamon.uz