O'zbekiston

1 martdan gaz narxlari oshirilgani rad etildi

Energetika vazirligi narxlar oshmaganini, biroq qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor o‘zgarganini bildirdi.

1 martdan gaz narxlari oshirilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 martdan tabiiy gaz narxi oshgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunga Energetika vazirligi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 1 martdan tabiiy gaz narxi oshirilmagan. To‘lovlar eski tarifda amalga oshiriladi. Biroq 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor o‘zgardi.

 

Taʼkidlanishicha, isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli bo‘yicha bazaviy meʼyor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan edi.

 

Xususan, noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.

 

Bu tartib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida amal qiladi.

 

Shu sababli, bugun, 1 martdan 31 oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning qarorlariga asosan ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

 

Jumladan, kompensatsiya miqdori elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy meʼyordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha, tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

 

“Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda”, deyiladi xabarda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.