Jahon

Alirizo Arafiy Eronning vaqtincha rahbari etib tayinlandi

Maʼlumotlarga ko‘ra, u Xomanaiyning ishonchli vakillaridan biri hisoblangan.

Alirizo Arafiy Eronning vaqtincha rahbari etib tayinlandi

Eronda vaqtincha boshqaruv tizimi ishga tushirildi. 67 yoshli nufuzli ruhoniy Alirizo Arafiy uch kishilik boshqaruv kengashi aʼzosi etib tayinlandi va unga vaqtincha Oliy rahbar vazifalarini bajarish yuklatildi.

 

Mazkur kengash Eron Konstitutsiyasiga muvofiq shakllantirilgan bo‘lib, yangi oliy rahbar Ekspertlar assambleyasi tomonidan saylanguniga qadar davlat rahbarining vakolatlarini amalga oshiradi. Kengash tarkibiga Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, sud hokimiyati rahbari Golamhossein Mohseni Ejei va Alirizo Arafiy kiritilgan.

 

Alirizo Arafiy Eron diniy-siyosiy tizimida katta tajribaga ega shaxs sifatida tanilgan. U Ekspertlar assambleyasi raisining o‘rinbosari, Qo‘riqchilar (Posbonlar) kengashi aʼzosi hamda mamlakatdagi diniy taʼlim tizimi rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u Qum shahridagi yirik diniy markazlardan biri — seminariya tizimiga rahbarlik qilgan va xalqaro islomiy taʼlim muassasalarida ishlagan. Arafiy marhum oliy rahbar Ali Xomanaiyning ishonchli vakillaridan biri hisoblangan.

 

Eronda oliy rahbar armiya, xavfsizlik kuchlari va strategik qarorlar ustidan keng vakolatlarga ega bo‘lgani bois, mazkur lavozim atrofidagi har qanday o‘zgarish ichki va tashqi siyosatga bevosita taʼsir ko‘rsatadi.

 

Hozirda Ekspertlar assambleyasi yangi oliy rahbarni saylash jarayonini boshlashi kutilmoqda. Shu vaqtgacha esa uch kishilik boshqaruv kengashi mamlakatda konstitutsiyaviy boshqaruvni taʼminlash va siyosiy tizim barqarorligini saqlash vazifasini bajaradi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.