O'zbekiston

Baxtiyor Saidov Yaqin Sharq davlatlarining tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi

Vazir ularga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy hamdardligi va birdamligini yetkazgan.

Baxtiyor Saidov Yaqin Sharq davlatlarining tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan Qatar, Kuvayt, O‘mon Sultonligi, Iordaniya, Bahrayn, Ozarbayjon hamda Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat idoralari rahbarlari bilan telefon orqali muloqotlar o‘tkazdi.

 

Qatar Davlati Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy bilan suhbat chog‘ida mintaqadagi vaziyat atroflicha muhokama qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy hamdardligi va birdamligi yetkazildi. Tomonlar suverenitet, hududiy yaxlitlik va kuch ishlatmaslik tamoyillariga qat’iy rioya etish muhimligini ta’kidladi.

 

Kuvayt tashqi ishlar vaziri Shayx Jarroh As-Saboh bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ham mintaqadagi vaziyat rivoji yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston yetakchisining Kuvayt xalqi va rahbariyatiga yo‘llagan samimiy hamdardligi yetkazildi. Davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, barcha masalalarni xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish zarurligi qayd etildi.

 

O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan suhbatda ham mintaqaviy vaziyat muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni tinchlik, suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga sodiqligini tasdiqladi.

 

Iordaniya Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan muloqotda vaziyatning barqarorlik va xavfsizlikka ta’siri yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidentining Iordaniya rahbariyati va xalqiga qaratilgan qo‘llab-quvvatlovi yetkazildi.

 

Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan suhbatda mintaqadagi keskinliklar muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni xalqaro huquq normalariga qat’iy amal qilish mintaqaviy barqarorlikning asosiy sharti ekanini ta’kidladi.

 

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon muloqotida Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar suverenitet va hududiy yaxlitlikni saqlash, nizolarni diplomatik vositalar orqali hal etish borasidagi umumiy pozitsiyalar birligini tasdiqladi.

 

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ham vaziyat atroflicha muhokama qilindi. O‘zbekiston Prezidenti nomidan BAA rahbariyati va xalqiga samimiy hamdardlik va birdamlik izhor etildi.

 

Telefon muloqotlari davomida O‘zbekiston tomoni barcha masalalarni xalqaro huquq normalariga muvofiq, tinch, siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Baxtiyor Saidov Yaqin Sharq davlatlarining tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi | Zamon.uz