O'zbekiston

Eron prezidenti televideniye orqali ko‘rinish berdi

U o‘z chiqishida AQSH va Isroilga javob zarbalari davom ettirilishini bildirdi.

Eron prezidenti televideniye orqali ko‘rinish berdi

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon AQSH–Isroil hujumlaridan keyin ilk bor jamoatchilik oldiga chiqib, davlat televideniyesi orqali videomurojaat bilan chiqish qildi.

 

Murojaatda u mamlakatda tuzilgan uch aʼzolik muvaqqat Rahbarlar kengashi bugundan boshlab o‘z vazifalarini rasman bajarishni boshlaganini maʼlum qildi. Ushbu kengash oliy rahbar vakolatlarini yangi rahbar saylanguniga qadar amalga oshiradi.

 

Pezeshkiyon o‘z chiqishida Eron armiyasi AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlarga javob qaytarishda davom etishini taʼkidladi. U mamlakat xavfsizligi va suverenitetini himoya qilish davlatning ustuvor vazifasi ekanini qayd etdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, oliy rahbar Ali Xomanaiy Isroil–AQSH hujumida nishonga olinganidan keyin mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq uch nafardan iborat muvaqqat rahbariyat kengashi shakllantirilgan. Kengash davlat rahbarining asosiy vakolatlarini vaqtincha bajaradi.

 

Eronning yangi oliy rahbarini esa 88 nafar diniy ulamodan iborat Ekspertlar Assambleyasi saylaydi. Mazkur organ mamlakatda oliy rahbarni tayinlash va uning faoliyati ustidan nazorat qilish vakolatiga ega.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Eron prezidenti televideniye orqali ko‘rinish berdi | Zamon.uz