Jahon

Eronda Xomanaiy o‘rnini kim egallashi mumkin?

3 nafar shaxs ehtimoliy voris sifatida ilgani surilmoqda.

Eronda Xomanaiy o‘rnini kim egallashi mumkin?

Eronda Oliy rahbar Ali Xomanaiy o‘limidan keyin hokimiyat kimning qo‘liga o‘tishi masalasi xalqaro matbuot va siyosiy doiralarda faol muhokama qilinmoqda. The New York Times nashrining yozishicha, Xomanaiy o‘zidan keyingi boshqaruv tizimini oldindan rejalashtirishga harakat qilgan va ehtimoliy ssenariylarni ko‘rib chiqqan. Manbalarga ko‘ra, o‘tish davrida mamlakat boshqaruvida uning yaqin ittifoqchilaridan biri, tajribali siyosatchi Ali Lorijoniy muhim rol o‘ynashi mumkin.

 

Eron Konstitutsiyasiga muvofiq, Oliy rahbar lavozimi bo‘shagan taqdirda yangi rahbarni 88 nafar diniy ulamodan iborat “Ekspertlar assambleyasi” saylaydi. Bu organ nomzodning diniy maqomi, siyosiy tajribasi va Islom Respublikasi tamoyillariga sodiqligini inobatga oladi. Shu bois yakuniy qaror aynan ushbu kengash qo‘lida bo‘ladi.

 

Hozircha rasmiy voris eʼlon qilinmagan bo‘lsa-da, bir qator shaxslar ehtimoliy nomzod sifatida tilga olinmoqda. Ular orasida sud tizimi rahbari G‘ulom Husayn Mohseni-Ejeiy, Oliy rahbar devonida uzoq yillar faoliyat yuritgan Ali Asg‘ar Hijoziy hamda Islom Respublikasi asoschisi Ruxulloh Xomeyniyning nabirasi Hasan Xomeyniy bor. Tahlilchilarning fikricha, ushbu nomzodlarning har biri diniy nufuz va davlat boshqaruvidagi tajriba jihatidan maʼlum ustunliklarga ega.

 

Shuningdek, Xomanaiyning o‘g‘li Mojtaba Xomanaiy nomi ham ayrim siyosiy guruhlar tomonidan tilga olinmoqda. Biroq kuzatuvchilar Eronda hokimiyatning meros tarzida o‘tishi masalasi jamiyat va siyosiy elita ichida tortishuvlarga sabab bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda. Avvalroq ayrim manbalar Xomanaiy lavozim meros bo‘lib qolishini istamaganini bildirgan edi.

 

Mutaxassislar fikricha, vorislik masalasi nafaqat ichki siyosiy muvozanat, balki mintaqadagi geosiyosiy vaziyatga ham bevosita taʼsir ko‘rsatadi. Shu bois Eronda Oliy rahbarlikka kim kelishi mamlakatning ichki siyosati, G‘arb bilan munosabatlari va mintaqaviy strategiyasi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eronda Xomanaiy o‘rnini kim egallashi mumkin? | Zamon.uz