Jahon

“Hizbulloh” Isroil va AQSHga qarshi urushga kiryapti

Guruh rasmiy manbalari Isroil hududiga dastlabki zarbalar berilganini maʼlum qildi.

“Hizbulloh” Isroil va AQSHga qarshi urushga kiryapti

Livandagi “Hizbulloh” harakati Isroil va AQSHga qarshi urushga kirayotganini rasman eʼlon qildi. Tashkilotning bayonotiga ko‘ra, qaror mintaqadagi so‘nggi voqealar, xususan Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar fonida qabul qilingan.

 

Guruh rasmiy manbalari Isroil hududiga dastlabki zarbalar berilganini maʼlum qildi. Aytilishicha, nishonlar orasida harbiy obyektlar va chegaraga yaqin infratuzilmalar bo‘lgan. Biroq hujumlar ko‘lami, qurbonlar yoki yetkazilgan zarar haqida hozircha mustaqil tasdiqlangan maʼlumotlar yo‘q. Isroil armiyasi esa vaziyatni nazorat qilayotgani va havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushirilganini bildirgani haqida mahalliy OAVlar xabar tarqatmoqda.

 

 

“Hizbulloh” o‘z bayonotida harakatlarini “qarshilik doirasidagi majburiy javob” deb atab, Isroil va AQSHni mintaqadagi keskinlik uchun masʼul deb ko‘rsatgan. Tashkilot, shuningdek, hujumlar davom etishi mumkinligini istisno qilmagan.

 

Tahlilchilar fikricha, agar to‘qnashuvlar kengaysa, bu Livan–Isroil chegarasida to‘liq harbiy mojaroga aylanishi va Yaqin Sharqdagi vaziyatni yana-da izdan chiqarishi mumkin. Ayniqsa, Eron, Isroil va AQSH o‘rtasidagi ziddiyatlar fonida “Hizbulloh”ning ochiq urush eʼlon qilishi mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid sifatida ko‘rilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

“Hizbulloh” Isroil va AQSHga qarshi urushga kiryapti | Zamon.uz