Jahon

“Islom olami zudlik bilan chora ko‘rishi shart” — Erdo‘g‘an

Turkiya Prezidenti Eronga qarshi urushni qoralab chiqdi.

“Islom olami zudlik bilan chora ko‘rishi shart” — Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil va AQSHning Eronga qilgan hujumlarini qoraladi hamda bu harakatlar Eron suverenitetini ochiqchasiga buzishini taʼkidladi.

 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya do‘st va qardosh Eron xalqining tinchligiga tahdid solayotgan bugungi hujumlardan qayg‘uda va tashvishda. Uning taʼkidlashicha, Isroil provokatsiyalari bilan boshlangan hujumlar mintaqadagi vaziyatni yana-da keskinlashtirgan. Turkiya tomoni uzoq vaqt davomida kelishmovchiliklarni muloqot yo‘li orqali hal qilishga harakat qilgani, mintaqadagi boshqa davlatlar ham diplomatik imkoniyatlarini ishga solgani aytildi. Biroq, Erdo‘g‘an fikricha, Isroilning jarayonni izdan chiqarishga qaratilgan urinishlari tufayli tomonlar o‘rtasidagi ishonch inqirozini bartaraf etish imkoni bo‘lmagan.

 

Shu bilan birga, Turkiya rahbari Anqara Eronning Fors ko‘rfazidagi birodar davlatlarga har qanday sabab bilan hujum qilishini qabul qilmasligini bildirdi. U vaziyatni barqarorlashtirish uchun diplomatik tashabbuslarni faollashtirish niyati borligini aytdi.

 

Erdo‘g‘anning taʼkidlashicha, Turkiya sulh tuzilishi va muzokaralar qayta boshlanishi uchun zudlik bilan diplomatik harakatlarni kuchaytiradi. U og‘ir davrda mintaqadagi birodar xalqlarni qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini ham qayd etdi.

 

Prezidentning fikricha, sog‘lom aql va hushyor yondashuvsiz diplomatiyaga yo‘l ochilmaydi va mintaqa olov ichida qolishi mumkin.

 

“Urush kengaymasligi, yana-da ko‘p qon to‘kilmasligi va mintaqamiz yana-da ko‘proq aziyat chekmasligi uchun barcha tomonlar, eng avvalo islom olami zudlik bilan chora ko‘rishi shart”, — dedi Erdo‘g‘an.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.