O'zbekiston

O‘zbekistonda 2 oyda 22 ta uyushgan narkojinoiy guruh fosh etildi

Guruhlar o‘rtacha 3 oydan 10 yilgacha vaqt oralig‘ida jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan.

O‘zbekistonda 2 oyda 22 ta uyushgan narkojinoiy guruh fosh etildi

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida respublikada narkotiklarni o‘tkazish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi 22 ta uyushgan Narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ularning 5 nafar guruh yetakchilari, 84 nafar vositachi aʼzolari qo‘lga olingan. Shuningdek, 8 ta yashirin narkolaboratoriya fosh etilgan.

 

Bu narkojinoyatchilarning 20 nafari psixotrop dorilarni, 28 nafari anʼanaviy narkotiklarni tarqatish bilan shug‘ullangan. 41 nafari sintetik narkotiklarni tarqatishni internet narkodo‘konlar orqali amalga oshirgan.

 

O‘tgan 2023 yil davomida 14 ta yashirin narkolaboratoriyalar aniqlangan bo‘lsa, joriy yilning yanvar—fevral oylarida sakkizta narkolaboratoriya aniqlandi. Narkolaboratoriyalarning uchtasi psixotrop moddalarni tayyorlash bilan shug‘ullangan yashirin sexlar bo‘lsa, beshtasi esa sintetik narkotik moddalarni tayyorlovchi narkolaboratoriyalarni tashkil qilgan.

 

Tezkor tadbirlar natijasida yanvar-fevral oylarida 41 kilogramm anʼanaviy narkotiklar, 100 kilogrammdan ortiq sintetik narkotiklar, 1 million dozaga teng 200 mingga yaqin psixotrop dori vositalari va ikki tonnaga yaqin prekursorlar noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi.

 

Aniqlanishicha, ushbu uyushgan narkojinoiy guruhlar o‘rtacha 3 oydan 10 yilgacha vaqt oralig‘ida jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan.

 

Uyushgan narkojinoiy guruhlar bir yilda o‘rtacha 1 million donadan ortiq psixotrop dori vositalarini, bir yil davomida 2-2,5 tonna gashish va opiy kabi narkotik moddalarni o‘tkazishni amalga oshirgan. Internet narkodo‘kon tomonidan bir yilda o‘rtacha 350 kilogramm, uch yil davomida 4 million dozaga teng bo‘lgan 700-800 kilogramm sintetik narkotik moddalarni «zakladka» usulida tarqatilgan.

 

Narkojinoiy guruhlar tomonidan turli xildagi giyohvandlik vositalarini Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarining jami 40 ta tuman-shaharlarida faol tarzda tarqatish amalga oshirilgan. Narkotik moddalar savdosi transchegaraviy va virtual xarakterga ega bo‘lib, Afg‘onistondan Surxondaryo orqali, Qirg‘izistondan Namangan va Andijon viloyatlari orqali, Qozog‘istondan Toshkent viloyati orqali respublika hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

 

 

custom img

Sirdaryoda chiyabo‘ri to‘rt fuqaroga hujum qildi

Hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

custom img

O'zbekistonda ekologlar va faollarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi hissasi e’tirof etildi

Zamon.uz bosh muharriri Farida Egamberdiyeva ham “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

custom img

Toshkent viloyatida 10 kg kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Musodara qilingan kumushning umumiy qiymati 235 million 229 ming so‘mni tashkil etadi.

custom img

Qozog‘istonda YTHga uchragan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Latviyada insultni boshdan kechirgan va Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar ham vatanga qaytarildi.

custom img

O‘zbekistonda besh yil ichida oltin zaxirasi yana 879 tonnaga oshiriladi

Kumush zaxirasini 510 tonnaga, mis zaxirasini esa 676 ming tonnaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

custom img

O‘zbekistonda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb etiladi

Investorlarni jalb etish uchun Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif etildi.

custom img

Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloqni temiryo‘l xodimi qutqarib qoldi

Xodimga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti topshirildi.

custom img

Navoiyda Tico va yuk mashinasi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi transport vositasiga yo‘l bermagani oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"