Jahon

Saudiya shahzodasi Trampni Eronga qarshi urush boshlashga ko‘ndirgan

The Washington Post‘ning yozishicha, Muhammad bin Salmon so‘nggi bir oy ichida Tramp bilan bir necha bor shaxsiy telefon muloqotlarini o‘tkazib, AQSHning harbiy aralashuvini qo‘llab-quvvatlagan.

Saudiya shahzodasi Trampni Eronga qarshi urush boshlashga ko‘ndirgan

Saudiya Arabistoni valiyahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSH prezidenti Donald Trampni Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlashga ko‘ndirishda muhim rol o‘ynagan. Bu haqda vaziyatdan xabardor to‘rt manbaga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Tramp shanba kuni AQSHning Yaqin Sharqdagi noodatiy ittifoqchilari — Isroil va Saudiya Arabistonining bir necha hafta davom etgan faol lobbi harakatlaridan so‘ng Eronga qarshi zarba berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Manbalarning aytishicha, Muhammad bin Salmon so‘nggi bir oy ichida Tramp bilan bir necha bor shaxsiy telefon muloqotlarini o‘tkazib, AQSHning harbiy aralashuvini qo‘llab-quvvatlagan. Bu esa uning omma oldida diplomatik yechim tarafdori sifatida bildirgan bayonotlariga zid bo‘lgan.

 

Shu bilan birga, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham Eronga qarshi qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha uzoq yillardan beri ochiq kampaniya olib borib kelayotgan edi. U Tehronni Isroil uchun “ekzistensial dushman” deb atab, AQSHni keskinroq pozitsiya egallashga chaqirib kelgan.

 

The Washington Post‘ning yozishicha, Tramp qarorni AQSH razvedka hamjamiyatining baholariga qaramay qabul qilgan. Razvedka hisobotlarida keyingi o‘n yil ichida Eron kuchlarining AQSH materik hududiga bevosita tahdid solish ehtimoli past ekani qayd etilgan edi. Shunga qaramay, Oq uy Eronning mintaqadagi faolligi va ittifoqchilarga tahdidini asos sifatida ko‘rsatgan.

 

Shanba kungi hujum AQSHning 90 milliondan ortiq aholiga ega davlatga nisbatan to‘liq rejimni ag‘darishga qaratilgan keng ko‘lamli harakatlardan tiyilib kelgan ko‘p yillik amaliyotidan chekinish sifatida baholanmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, bu qaror Trampning avvalgi, nisbatan tor doiradagi harbiy operatsiyalaridan keskin farq qiladi va Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatiga jiddiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Saudiya shahzodasi Trampni Eronga qarshi urush boshlashga ko‘ndirgan | Zamon.uz