Jahon

“Siz Eron xalqining qalbini kuydirib yubordingiz”

Eron Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Lorijoniy hujumdan omon qolgan eng yuqori lavozimdagi amaldor sifatida televideniyeda chiqish qildi.

“Siz Eron xalqining qalbini kuydirib yubordingiz”

Eron Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Lorijoniy AQSH boshchiligidagi sionistlar hujumidan omon qolgan fors davlati hukumatining eng yuqori lavozimdagi vakillaridan biri sifatida chiqish qildi. U davlat telekanallarida eʼlon qilgan bayonotda Eronning qurolli kuchlari o‘z imkoniyatlari va tayyorgarligining faqat bir qismidan foydalanganini, mamlakat hukumati va xalqning sodiqligini isbotlaganini taʼkidladi.

 

Lorijoniyning so‘zlariga ko‘ra, dushman rahbarlarni o‘ldirish Eronni beqarorlashtiradi deb o‘ylash noto‘g‘ri, chunki Eron xalqi o‘z rahbariyatiga sodiqligini ko‘rsatgan. U shu bilan birga: “Siz Eron xalqining qalbini kuydirib yubordingiz, biz esa buning evaziga sizning qalbingizni kuydirib yuboramiz”, deb ogohlantirdi.

 

Mustamlakachi kuchlar, Lorijoniy taʼkidlaganidek, biror mamlakatga kirganda uning resurslarini talon-taroj qilishga harakat qiladi va hozirda AQSHdagi ishlar uchun masʼul shaxs bu talonchilikning to‘liq ramzidir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyatga qarshi Muvaqqat Rahbariyat Kengashi tashkil etiladi.

 

Shuningdek, Lorijoniy Eron xalqining tarixiy og‘ir sinovlardan o‘tganini eslab, mamlakatning bugungi sinovdan ham yuzi yorug‘ chiqishiga ishonch bildirdi: “Mo‘g‘ullar butun Eronni vayron qilgan, biroq xalqimiz ularga qarshi mardonavor kurashgan. Bu fojia nihoyatda alamli; bunday buyuk shaxs – Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti qalblarimizni yaraladi va millatimizni motamga cho‘mdirdi. Ammo marhum Imom aytganidek, bunday shahidlik xalqni yana-da sobitqadam qiladi. Millatimiz o‘ziga xos fitratga ega va inshaalloh, bu og‘ir sinovdan ham yuzi yorug‘ bo‘lib o‘tadi”, dedi u.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.